Yangi oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.
Oliy taʼlim vazirligining maʼlum qilishicha, bu tartib – poytaxtda ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan.
“Mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82815 | Инструменты