Huawei 1
“Real” “Bavariya” bilan bahsda superkambek amalga oshirib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim finalida "Real" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qildi.

Uchrashuvda 68-daqiqaga kelib hisob ochildi. Mehmonlar vakili Devis supergol muallifi bo‘ldi. Ushbu hisob nemislar jamoasini finalga chiqarishi mumkin edi. Tuxel hisobni ushlash uchun uchrashuv oxirlarida hujumkor futbolchilar o‘rnini himoyaviylari bilan almashtirdi.

So‘nggi daqiqalarda to‘liq himoyaga yotib olgan Myunxen jamoasini "Real" jazoladi. Zaxiradan tushirilgan Xoselu 88 va 90+1-daqiqalarda dublga erishib, "qirollik klubi"ni finalga olib chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga