Huawei 1
Rodrigoga APLning to'rtta top klubi qiziqish bildirmoqda

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo Goesning ispanlar jamoasidagi o'rni "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening klubga o'tish ehtimoli bilan yo'qolishi mumkin. 

"Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Liverpul" bu imkoniyatdan foydalanishga tayyor.

 Manbaga ko'ra, "Real Madrid" futbolchini sotmoqchi emas, ammo uning o'zi asosiy jamoadagi o'rnini yo'qotib, ketishga qaror qilsa, klubning pozitsiyasi o'zgarishi mumkin. 

23 yoshli Rodrigo 2019-yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u 41 o'yinda 13 gol urdi va 8 golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga