Huawei 1
Qozog‘istonda tovuq tuxumi importi vaqtincha taqiqlandi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston hududiga avtomobil yo‘llari orqali olti oy muddatga tovuq tuxumlarini olib kirishni taqiqlab qo‘ydi. Gap uchinchi davlatlar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari mahsulotlari haqida bormoqda.

“Bahor-yoz davrida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat tuxumlarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, bu davrda tuxumga bo‘lgan talab pasayib, bozor ehtiyojlari sanoat ishlab chiqarishi va faol ishtiroki bilan to‘liq qoplanmoqda. Tuxum narxining pasayishi parrandachilik xo‘jaliklari faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Narxlarni tannarxdan pastga tushirish korxonalar rentabelligiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, bu davrda tuxumning yaroqlilik muddati qisqaradi, texnologik xususiyatlar tufayli tuxum ishlab chiqarish hajmi kamaymaydi, bu esa ularning omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi.

Taʼkidlanishicha, taqiq yangi tovuq tuxumlarining Qozog‘iston hududi orqali tranzitiga, shuningdek, ularni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo bir davlat hududidan Yevrosiyoga aʼzo boshqa davlat hududiga olib o‘tishga taalluqli emas.

Taqiq 2024-yil 1-maydan kuchga kiradi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты