Millatlar Ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Ispaniyani mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. G‘alabadan so‘ng Krishtianu Ronaldu futboldagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
Futbolchi jarohat olmasa, o‘ynashda davom etishini aytdi:
Yoshim nechiga kirganini yaxshi bilasiz. Yo‘lning boshida emasman, oxiriga yaqinman. Ammo har bir lahzadan bahra olishim kerak. Agar jiddiy jarohat olmasam, o‘ynashda davom etaman, deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, final bahsida Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi asosiy hamda qo‘shimcha taymlar 2:2 hisobida yakunlandi. G‘olib penaltilar seriyasida aniq bo‘ldi — unda Ronaldu boshchiligidagi jamoa 5:3 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuv davomida Krishtianu Ronaldu bitta gol muallifiga aylandi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jarohat olib, 88-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты