So‘nggi kunlarda Emomali Rahmon sog‘lig‘i yomonlashgani, xorijda davolanayotgani yoki komada ekani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi.
Prezident uzoq tanaffusdan so‘ng rasmiy uchrashuvlar o‘tkazib, jamoatchilikka ko‘rindi. 15 fevral kuni u Si Szinpinni mamlakat Yangi yili bilan tabrikladi. 16 fevral kuni esa Yermek Kosherbayev bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ayni vaqtga qadar prezident sog‘lig‘iga oid xabarlar rasman tasdiqlangani yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21715 | Инструменты