Samvel Babayan “Navbahor”ni tark etdi

“Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayanning sog‘ligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois, “Navbahor” klubi rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan, Samvel Babayanning klub bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilindi

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan 2021 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Uning qo‘l ostida “lochinlar” ortda qolgan 2,5 yil davomida Superligada 64 ta o‘yin o‘tkazib, 33 g‘alaba, 20 ta durang va 11 ta mag‘lubiyatni qayd etib, to‘plar nisbati 83:45 ni tashkil etgan holda, jami 119 ochko to‘plashdi. 

Samvel Vyacheslavovich boshqaruvida “Navbahor” Superligada 2022 yili 2-o‘rin, 2023 yili esa 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston kubogi bahslarida esa 2022 yili finalga, 2023 yili esa yarim finalga qadar yetib bordi.

Shuningdek, o‘z tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023/2024 yillar mavsumi bahslarida ishtirok etgan “lochinlar” qitʼamizning mazkur nufuzli musobaqasining 1/8 finaligacha yetib borishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70201 | Инструменты