Huawei 1
SSKA klubi Fayzullayevni 12 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas

Moskvaning SSKA klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni 12 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda insayder Ivan Karpov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, moskvaliklar yozda bir nechta chiziqlarni kuchaytirmoqchi. Buning uchun “armiyachilar” yetakchilaridan birini sotish kerak.

SSKA Abbosbek Fayzullayevga atrofidagi qiziqishlarni inobatga olib, uni kamida 12 million yevroga sotmoqchi.

Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” nashri futbolchini 8 million yevroga baholagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60613 | Инструменты