AQShning Gulf kompaniyasi ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ta “zapravka” ochadi

AQShning Gulf kompaniyasi ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ta “zapravka” ochadi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer ma’lum qildi. 

Unga ko’ra, kompaniya O’zbekistonda quyidagi yo’nalishlarda sarmoya kiritadi:

- G‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta yonilg’i quyish shoxobchasini ishga tushirish uchun kamida 150 mln dollar investitsiya kiritiladi;

- Magistral yo‘llar bo‘ylab sayyohlar va tranzit tashuvchilar uchun transport markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda;

- Ushbu loyihalar har bir obyektda kamida 30 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Umumiy hisobda O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi;

- Shuningdek, kompaniya aviatsiya tarmog‘ini xavfsiz va barqaror yonilg‘i bilan ta’minlash uchun taxminan 50 mln dollar sarmoya yo‘naltiradi;

- Kompaniyaning Markaziy Osiyodagi operatsion bazasini Toshkentda joylashtirish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21915 | Инструменты