“Tottenhem” yarim himoyachisi jiddiy jarohat tufayli kamida 6 oy maydonga tusha olmasligi mumkin
Angliyaning “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur jarohati sabab 6 oyni oʻtkazib yuborishi mumkin.
“Shporlar”ning 25 yoshli yarim himoyachisi APL 23-turidan oʻrin olgan “Lester”ga qarshi oʻyinda (1:4) tizzasidan jarohat olib, 65-daqiqada almashtirildi.
“Sky Sports” nashri xabariga koʻra, Bentankur xochsimon bogʻlamidan jarohatlangan boʻlishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, tiklanish kamida 6-8 oy davom etadi.
Maʼlumot uchun, urugvaylik futbolchi bu mavsumda APLda 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты