Turnirning eng chiroyli goli urilgan bahsda “pentakampeonlar” Serbiyani mag’lub etdi
Qatarda davom etib kelayotgan Jahon chempionatida birinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Turning so‘nggi uchrashuvida Braziliya Serbiya bilan bahs olib bordi va unda Risharlisonning dubli evaziga ishonchli g‘alaba qozondi.
Birinchi taymni 0:0 hisobida yakunlangan jamoalar 2-bo‘limda o‘yinga yangi qon bilan tushishdi va “pentakampeonlar” ketma-ket hujumlar orqali natijaga erishdi. 63-daqiqada Serbiya darvozaboni Vinisiusning tepgan zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pni esa Risharlison bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi.
74-daqiqaga kelib Vinisius Junior Risharlisonga Modrich uslubida pas berdi, “Tottenhem” futbolchisi esa chalqancha uslubda zarba berib, turnirning hozirgacha bo‘lgan eng chiroyli goliga mualliflik qildi. Shu tariqa, uchrashuv braziliyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ilk turdan so‘ng, “pentakampeonlar” 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Ikkinchi o‘rinda esa Kamerunni 1:0 hisobida yenggan Shveytsariya bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40518 | Инструменты