Huawei 1
U-17 Osiyo kubogi final. Bugun O‘zbekiston chempionlik uchun maydonga tushadi

20 aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saudiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.

Islom Ismoilov qo‘l ostidagi terma jamoa ushbu qit’a birinchiligining guruh bosqichida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynagan va o‘shanda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Finalga qadar birorta o‘yinda mag‘lubitga uchramagan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dastlab, guruh bosqichida Tailand, Xitoy va Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, keyingi bosqich bilan birga joriy yilning kuzida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Chorak finalda BAA va yarim finalda Shimoliy Koreyani mag‘lub etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yakuniy bosqichda yana bir bor mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yin bugun, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42700 | Инструменты