Bugun tongda Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro Aeroporti"da JCH Kubogini O'FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari kutib olishdi.
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida futbol muxlislari uchun tarixiy kun, ya'ni futbol bo'yicha Jahon chempionati kubogi ilk bor yurtimizga olib kelindi.
Bugun tongda Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro Aeroporti"da JCH Kubogini Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari kutib olishdi.
Umid Ahmadjonov FIFA delegatsiyasi va 1998 yilgi Jahon chempioni, fransiyalik Kristian Karambyo bilan uchrashishdi.
UZREPORT TV telekanali mazkur jarayondan jonli efirda reportaj olib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты