Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Fransiya milliy jamoasi va “PSJ” klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembele FIFA tomonidan 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan mavsumda “PSJ” Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYEFA Superkubogida g‘alaba qozondi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi.

Dembele sovrin uchun kurashda Ashraf Hakimi (“PSJ” va Marokash), Harri Keyn (“Bavariya” va Angliya), Kilian Mbappe (“Real” va Fransiya), Nunu Mendesh (“PSJ” va Portugaliya), Koul Palmer (“Chelsi” va Angliya), Pedri (“Barselona” va Ispaniya), Rafinya (“Barselona” va Braziliya), Muhammad Saloh (“Liverpul” va Misr), Vitinya (“PSJ” va Portugaliya) va Lamin Yamal (“Barselona” va Ispaniya) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

«Eng yaxshi murabbiy» nominatsiyasida “PSJ” klubining ispaniyalik bosh murabbiyi Luis Enrike g‘olib bo‘ldi. U sovrin uchun kurashda Xaviyer Agirre (Meksika), Mikel Arteta (“Arsenal”), Hans-Diter Flik (“Barselona”), Enso Mareska (“Chelsi”), Roberto Martines (Portugaliya) va Arne Slot (“Liverpul”) kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.

Yilning eng yaxshi darvozaboni nominatsiyasida Janluiji Donnarumma (“PSJ”/«Manchester Siti» va Italiya) eʼtirof etildi. U sovrin uchun kurashda Alisson Bekker (“Liverpul” va Braziliya), Tibo Kurtua (“Real” va Belgiya), Emiliano Martines («Aston Villa» va Argentina), Manuel Noyer (“Bavariya” va Germaniya), David Rayya (“Arsenal” va Ispaniya), Yan Zommer (“Inter” va Shveysariya) va Voysex Shchensni (“Barselona” va Polsha) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121712 | Инструменты