"UzReport" AA restoran biznesi muassasalarini YEVRO-2020 musobaqasini qonuniy translyatsiya qilishga taklif etadi
													YEVRO- 2020 futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o'yinlari va unga aloqador qo‘shimcha dasturlarning O'zbekistondagi televizion translyatsiyalari eksklyuziv litsenzion huquqlari egasi bo‘lgan “UZREPORT” AA restoran, kafe, sport barlari va HORECA doirasidagi boshqa muassasalarni hamkorlikka taklif qiladi.
Hamkorlik quyidagilarni o'zida qamrab oladi:
- muassasaga tashrif buyuruvchilar uchun YEVRO-2020 o'yinlari va tegishli dasturlarni (UzReport TV va Futbol TV telekanallari efiri orqali) qonuniy translyatsiya qilish huquqi;
- UzReport TV telekanali tomonidan informatsion qo'llab-quvvatlash (dasturlar efiri davomida ekranning pastki qismida YEVRO-2020 o'yinlarini translyatsiya qiladigan muassasa nomi ko'rsatib o'tiladi);
- telekanalning reklama anonslari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muassasaning nomini ko'rsatib o'tish orqali targ'ibot-tashviqot qilish.
- "HORECA BUSINESS" hamkorlik paketi doirasida "UZREPORT TV" va "FUTBOL TV" telekanallarida muassasaning qo'shimcha reklama kampaniyasi uchun imtiyozli shartlar.
UZREPORT TV va FUTBOL TV-da EURO 2020-da futbol translyatsiyalarining qo'shimcha afzalliklari:
- Jonli translyatsiya - barcha voqealar real vaqtda.
- O'zbek va rus tillaridagi sharhlovchilar guruhi va ikki tilli audio yo‘lakchaning bir vaqtning o'zida ishlashi, bu tomoshabinlarga o'z xohishiga ko'ra sharh tilini tanlashga imkon beradi.
- Parallel futbol o'yinlari paytida ikkita telekanalning ("UzReport TV" va "Futbol TV") bir vaqtning o'zida uchrashuvlarni namoyish etishi, bu Chempionatning barcha o'yinlarini to‘liq ko'rish imkonini beradi.
Hamkorlikdan manfaatdor tashkilotlar hamkorlik dasturiga qo'shilish uchun ariza berishlari va UzReport AA bilan 10.07.2021 yilgacha shartnoma tuzishlari kerak.
Arizalar + (99893) 590-99-99 telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110405 | Инструменты
YEVRO- 2020 futbol bo‘yicha Yevropa chempionati elektroni varianti yuqmi busa tashavoringlar iltimos