Vadim Abramov: "Futbol – xatolardan iborat

- Avvalo, “Bunyodkor”ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa mahorat evaziga g'alaba qozondi, deb o'ylayman. Chunki biz bahsni yaxshi boshlagandik, gol ham urgandik. Biroq tanaffusga chiqish arafasida o'tkazib yuborilgan gol bizni ruhan sindirib qo'ydi. Futbol – xatolardan iborat. Kam xato qilgan jamoa yutadi. Bizning asosiy maqsadimiz chempionatda munosib ishtirok etish. Umuman olganda, yomon jamoa shakllantirmayapmiz. Bugungi bahs oldidan kutilmagan yo'qotishga duchor bo'ldik. Jasur Hasanov jarohat olib yordam berolmasligi ma'lum bo'ldi. Agarda u rejamizni o'zgartirmaganida balki o'yinimiz boshqacha chiqarmidi. Ishlashda davom etamiz, - dedi Vadim Abramov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40409 | Инструменты