Huawei 1
Valverde “Real Madrid” safidagi eng asosiy maqsadi nima ekanini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde kelajakda “qirollik klubi” sardori boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyganini aytdi.

“Mening Madriddagi eng asosiy maqsadim — “Real” sardori boʻlish. Bu kam sonli oʻyinchilarga nasib etadigan meros. Tinimsiz mehnat qilishda davom etsam, hammasiga erisha olaman, deb o'ylayman”, — deydi Valverde.

Yodingizda bo'lsa, klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, agar urugvaylik futbolchi bu mavsumda La Ligada kamida 10 ta gol ura olmasa, murabbiylik litsenziyasini yirtib tashlashi haqida gapirgan edi. Hozirda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida allaqachon 6 ta gol urdi – bu avvalgi 4 ta mavsumdagidan koʻproq hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 24 yoshli urugvaylik ushbu mavsum barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60613 | Инструменты