Huawei 1
We Global Football: O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 5-turdan so‘ng biroz pasaydi

We Global Football nashri 5-tur o‘yinlaridan so‘ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH—2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

Milliy jamoaning Qatarga uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng imkoniyatlari 84,8 foizga baholanmoqda. Qatarning to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga yo‘l olishiga 9 foizga yaqin. 

O‘zbekistonning imkoniyati 4-turdagi g‘alabadan so‘ng keskin oshgandi — 93,1% (3-turdan so‘ng 82,8% edi). 

5-turda O‘zbekiston milliy jamoasi mehmonda Qatarga (3:2) mag‘lub bo‘ldi. Eron jamoasi Laosda o‘tgan o‘yinda Shimoliy Koreyani mag‘lub etib ochkolari hisobini 13 ta yetkazdi. BAA Qirg‘iziston ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

We Global nashri guruh yetakchilari Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaning JCH—2026 ga borish imkoniyatini sal kam yuz foizga baholamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты