Huawei 1
Xitoy milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi korrupsiyada ayblanib, 20 yilga qamaldi

Xitoy milliy jamoasi sobiq ustozi, chin futbolining 2000 yillar boshidagi yulduzi Li Te mamlakatdagi yirik korrupsion jinoyatda aybli deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Angliyaning “Everton” klubidagi faoliyati bilan tanilgan xitoylik 47 yoshli taniqli sobiq futbolchi Li Te 2022 yilda Xitoy futbolidagi yirik korrupsiya jinoyatida ayblangandi.

Li Te milliy jamoa bosh murabbiyi bo‘lish uchun pora bergani, milliy jamoada maʼlum shaxslarni tanlab o‘ynatgani, klublarga musobaqalarda g‘alaba qozonishga yordam berganini tan olgan. Uning qing‘ir yo‘llar bilan olgan pora miqdori 16 million dollardan oshgan.

Sud ishida qayd etilishicha, ushbu jinoiy faoliyat 2015 yilda “Hebey” klubida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan davridan boshlanib, 2021 yilda Xitoy milliy jamoasini tark etguniga qadar davom etgan. Li Tedan tashqari, Xitoy futbol assotsiatsiyasining bir nechta sobiq amaldorlari ham pora olganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan. Jumladan, Xitoy futboli sobiq rahbari Chen Syuan 11 million dollar pora olganlikda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, hozirda o‘ndan ortiq murabbiy va o‘yinchilar ustidan tergov jarayonlari davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, Li Te Xitoy milliy jamoasi safida 92 o‘yinda maydonga tushgan. U Xitoy futboli uchun ilk va so‘nggi JCH sanaladigan 2002 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты