Amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etdi.
Adliya vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eʼlon qilgan media mahsulotlarni "maʼnaviy ekspertiza"dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini maʼlum qildi.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qarorga ko'ra, O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo'shimcha lavozimi kiritildi.
Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 so‘m etib belgilandi. Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi - 1 700 so‘m.
So‘nggi kunlarda Qozog‘istonning hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan, qishloq xo'jaligi texnikalari yetkazib berishda amaldagi qonunchilikka muvofiq qo'llaniladigan imtiyozlar (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari va moliyaviy yordamlar) faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan qishloq xo'jaligi texnikalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 706 nafarga yetgan. Yaʼni 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablari hamda ko‘rsatmalariga rioya qilinmaganligi, shuningdek, o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 8 ta bank, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Oʻzbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze — “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Diyora Habibullayeva esa “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” bo'ldi.
Bugun bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, energetika masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi Alisher Sultonov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha prezident maslahatchisining o‘rinbosari Doniyor Qodirov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Transfermarkt Messi va Ronalduning narxini pasaytirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42719 | Инструменты