Yevro-2024: Ispaniya Fransiyani yengib, finalga yo‘l oldi

Yevropa chempionatining birinchi yarimfinal o‘yini yakuniga yetdi: unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari to‘qnashdi. Myunxendagi "Alyans-Arena"da o‘tgan o‘yinni sloveniyalik hakam Slavko Vinchich boshqarib bordi.

O‘yindan o‘yinga kuchayib borayotgan ispanlar fransuzlarni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Hisobni fransuzlar hujumchisi Randal Kolo-Muani 9-daqiqada ochdi. "Qizil furiya"ning qanot hujumchisi, 16 yoshli Lamin Yamal 21-daqiqada olisdan yo‘llagan ajoyib zarbasi bilan muvozanatni tikladi. 25-daqiqada yarimhimoyachi Daniel Olmo ispanlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi taymda maydonda to‘liq ustunlikni qo‘lga olgan ispanlar g‘alabali hisobni o‘yin yakuniga qadar saqlab qolishdi.

16 yosh 362 kunlik Yamal Pelening rekordini yangiladi va terma jamoalar miqyosida yirik turnirlarda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Ispaniya terma jamoasi finalda Niderlandiya – Angliya o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi. Dortmunddagi "Signal Iduna Park"da o‘tadigan ushbu yarimfinal 10 iyul soat 23:59 da boshlanadi.

Yevro-2024. Yarimfinal

Ispaniya — Fransiya 2:1
9 iyul, "Alyans Arena"

Gollar: Yamal (21), Olmo (25) — Kolo-Muani (9).
Ispaniya: Simon, Navas (Vivian, 58), Nacho, Laport, Kukurelya, Ruis, Rodri, Olmo (Merino, 76), Uilyams (Subimendi, 90+4), Yamal (Ferran Torres, 90+4), Morata (Oyarsabal, 76).

Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 62), Rabio (Kamavinga, 62), Chuameni, Dembele (Jir-u, 79), Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 63).
Ogohlantirishlar: Navas (14), Chuameni (60), Kamavinga (89), Yamal (90+1).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71922 | Инструменты