Kompaniya tomonidan mintaqaviy bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish masalasiga doimo e’tibor qaratib kelinmoqda.

Yangi 2018 yil arafasida “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning Farg‘ona viloyati filiali Farg‘ona shahri markazida joylashgan 1 Yangi soy ko‘chasidagi muxtasham 3 qavatli binoga ko‘chdi.

 Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona shahar hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, kompaniya Boshqaruvi rahbariyati va xodimlari, filialda faoliyat yuritgan faxriylar, viloyatdagi yirik korxonalar vakillari, kompaniya mijozlari, hamkorlar, maxalliy sug‘urta kompaniyalari rahbarlari  ishtirok etdi.

Ushbu ma’muriy bino zamonaviy, ko‘rkam va shinam bo‘lib, xodimlar va mijozlar uchun barcha qulayliklarga ega. Filialning yangi binosi, qulay joylashuvi va bugungi kun talablariga muvofiqligi bilan kompaniya mijozlari, qolaversa Farg‘ona  viloyati aholisi uchun sug‘urta xizmatlari sifatini va tezkorligini oshirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10900 | Инструменты