Oʻzbekiston ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Global investitsiya forumining ochilish marosimida nutq soʻzladi.
"O‘zbekiston hukumati nomidan barchangizni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Global investitsiya forumiga qutlash sharafiga muyassarman.
Ushbu tadbirni Samarqandda o'tkazishning o'ziga xos ramzi bor. Ipak yo‘lining markazida joylashgan bu qadimiy shahar Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, savdo-sotiq, xalqaro hamkorlik, ilmiy izlanishlar va madaniy almashinuvlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev turizmni hukumat kun tartibida birinchi oʻringa qoʻyib, uni Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylantirdi. Keyingi yillarda tizimli islohotlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash imkonini berdi.
Davlat siyosati darajasida turizmni rag'batlantirish va muhim infratuzilmani yaratishga ustuvor ahamiyat beriladi. Dunyoning 100 ga yaqin davlati uchun viza rasmiylashtiruvi soddalashtirilgani tufayli O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni har yili 30-40 foizga oshib bormoqda. 2022-yilda bizga 5,2 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2023-yilning dastlabki uch choragida biz 7 million mehmonni qabul qildik, 2024-yilda esa 10 million xalqaro sayyoh kelishini kutmoqdamiz.
Ichki va tashqi turizmning o'sishi turizm infratuzilmasi va tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Oxirgi besh yil ichida mehmonxonalar soni ikki baravar ko‘payib, 600 tadan 1000 taga yetdi va mahalliy bozorga Hyatt, Hilton, InterContinental, Marriott, Mercure, Minyoun kabi xalqaro brendlar kirib keldi. Mustaqil xalqaro tashkilotlar turizmni rivojlantirish holatini barqaror deb baholamoqda", - deya ta'kidladi vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты