Adham Qurbonov Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi

Adham Qurbonov Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. Tayinlov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.

Adham Qurbonov 1982-yil 27-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavr bosqichini, 2008-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasida boshlagan. Keyinroq Toshkent viloyati davlat ekologiya ekspertizasi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi, Davlat ekologiya ekspertizasi markazida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22020 | Инструменты