Huawei 1
Agrippina Shin Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi va uning o‘rniga Agrippina Vasilevna Shin tayinlandi.

Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi "A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Viktor Veniaminovich Nam tayinlandi.

Eldar Sadikovich Yuldashev Toshkent shahridagi "S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor O‘ralovich Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты