Huawei 1
Andre Karstens Niderlandiyaning O'zbekistondagi elchisi sifatida ish boshladi

2023-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Niderlandiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlangan Andre Karstensning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Baxtiyor Saidov savdo-sarmoyaviy hamkorlik va parlamentlararo muloqotni institutsionallashtirish taklifini bildirdi.

Avvalroq, Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib Ahmad Faruq tayinlangani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты