Huawei 1
AQSH poytaxtida Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi

AQSH poytaxtida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi. Byust O‘zbekiston elchixonasi oldida o‘rnatildi.

Ochilish marosimida Jon Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlangan "The Genius of their Age" kitobi muallifi Frederik Starr va boshqalar qatnashdi.

Beruniy — buyuk alloma, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42917 | Инструменты