Ayubxon Rahmatullayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi

Farg‘ona shahrida ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov ishtirokida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari bilan xavfsizlikni taʼminlash, narkojinoyat va kibertahdidlarga qarshi yangi tizimni shakllantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Farg‘ona va Qo‘qon shahrida jinoyatchilik salmog‘i oshib ketganligi keskin tanqid qilindi. Qolaversa, majlisda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Raxmatullayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13012 | Инструменты