Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi

Joriy yilning 22-fevral kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston  davlat musiqali teatrida Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yig‘ilishni ochib, teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikrlashildi.

Shundan so‘ng, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston  davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr bosh rejissyori etib Doston Haqberdiyev tayinlanganligi rasman e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Muqimiy teatriga 2016-yildan direktor bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 2021-yil 15-aprel kuni koronavirus tufayli 58 yoshida vafot etgandi. Shundan so‘ng uning o‘rnini aktyor Aleksandr Bekjonov egallagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40513 | Инструменты