Huawei 1
Qishloq xo‘jaligi vaziriga Aziz Voitovning nomzodi ma’qullandi

2022-yil 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq vakillari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Aziz Voitov 1980-yilda tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2010-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining “Biznes boshqaruvi” mutaxassisligini tamomlagan.

U 2017-yilda “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 

Shuningdek, Aziz Voitov 2017-yildan shu kunga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldingi Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlangan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga