Huawei 1
Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun, 16 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar Jamshid Xo‘jayevning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi

Investitsiyalar vazirligining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi.

Jamshid Xodjayev 1979-yilda Farg'ona viloyatida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. “Umid” jamgʻarmasi stipendianti. 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yoʻnalishi magistranti.

Mehnat faoliyati

2000-2001-yillarda – O‘zbek Xalqaro banki “O‘zprivatbank” Xorijiy amallar departamenti 2-toifali mutaxassisi
2003-2004-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar departamenti Oltin-valyuta zaxiralari bilan operatsiyalar boshqarmasi Diling operatsiyalari bo‘limi yetakchi dileri
2004-2006-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar operatsiyalar departamenti Xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar boshqarmasi Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i
2006-2008-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar operatsiyalar departamenti direktori o‘rinbosari – Xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i, departament direktori v.b.
2008-2009-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti Xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar boshqarmasi, departament direktori o‘rinbosari – boshqarma boshlig‘i
2009-2017-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti direktori
2017-2017-yillarda – O‘zmilliybank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari
2017-2017-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish Inspeksiyasi boshlig‘i
2017 -2019-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri
2019-y. – h.v. – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga