Bahodir Qurbonov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi

30 yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdagi hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress yakunlariga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov delegatlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan O‘FA prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U ushbu lavozimda 2025 yil fevral oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti, Odil Ahmedov esa vitse-prezident lavozimini saqlab qoldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13020 | Инструменты