Huawei 1
"Biz ko'p vaqt yo'qotganmiz" - Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlar haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishi boshlandi.

"Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz. 

Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta'limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin", - dedi davlatimiz rahbari yig'ilish avvalida.

"Besh yillik yangi Taraqqiyot strategiyamizni e'lon qildik. Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ulkan marralarni oldik. Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar.

Umuman, respublika bo'yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o'quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.

Shu bois, bizga sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak.

Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta'limi bilan bog'liq", -dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты