Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Buxoro viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda respublika ishchi guruhining Buxoro viloyatidagi o‘rganish yakunlariga ko‘ra, har bir shahar va tuman kesimida jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining murojaatlari bilan ishlash, ularga xizmat ko‘rsatish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning ijro hamda xizmat intizomiga rioya etish masalalari tanqidiy muhokama qilingan.
Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra, xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llangan.
Jumladan, ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan quyidagilar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan:
Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining ikki nafar o‘rinbosari, viloyat IIB kotibiyat boshlig‘i, G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, Kogon tumani IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qo‘llangan.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari hamda takliflari tinglangan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, viloyat IIB hamda tuman-shahar ichki ishlar bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash hamda yechimini kutayotgan boshqa masalalar yuzasidan vazifalar rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42115 | Инструменты