Forish tumaniga sel keldi, 30 ga yaqin xonadonga suv kirdi

14 fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida “Qizilqum” MFY, Qizilqum qishlog‘idan sel kuzatilgan. Bu haqda FVV xabar qildi.

“Qizilqum” MFY, Qizilqum qishlog‘i “Erali” ko‘chasidagi taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarning hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirishi kuzatilgan.

«Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga barcha zarur texnika va kuch-vositalar jalb etilgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va jarohat olganlar yo‘q. Vaziyat viloyat FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan», — deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21411 | Инструменты