Ushbu mukofotni Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qilib oldi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish yakunlariga qisqacha to‘xtalib, unda juda muhim qaror va kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta'sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning ilk sohibi — turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi.
"Buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist, marhum Chingiz Aytmatov barcha xalqlarimizning chin do‘sti, turkiy tarix va madaniyatni butun dunyoga tarannum etgan betakror ijodkor, o‘lmas asarlari orqali azaliy urf-odat va olijanob qadriyatlarimizni jahondagi millionlab insonlar qalbiga muhrlay olgan mutafakkir shaxs edi", — Mirziyoyev.
Chingiz Aytmatovga berilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.
"Chingiz Aytmatov oramizda yo‘q, mukofotni uning oilasiga beramiz. Mukofot Aytmatov muzeyiga joylashtiriladi", — Sadir Japarov.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni har yili berib borishni taklif etdi.
Ta'kidlash lozim, Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlandi. Ularga bu mukofotni Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
Rejep Tayyip Erdog‘an, Gurbanguli Berdimuhamedov va Sadir Japarov mukofotlar uchun minnatdorlik bildirib, Samarqand sammiti juda samarali, xalqlarimiz uchun manfaatli bo‘lganini taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112220 | Инструменты