Huawei 1
Faxriddin Boboyev  "Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori etib tayinlandi

Faxriddin Boboyev Toshkent viloyati "Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori etib tayinlandi.

Faxriddin Boboev 1964-yilda Navoiy viloyatida tug'ulgan, millati o'zbek, ma’lumoti oliy. 1989-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2000-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini va 2004-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.  

Faxriddin Boboev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi hamda bir qator rahbar lavozimlarda ishlagan.

Toshkent viloyat hokimining Investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo'yicha o'rinbosari Najmiddinxodja Sharipov rahbarligida  o‘tkazilgan yig‘ilishda Faxriddin Boboyev "Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты