Huawei 1
Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

14-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qildi.

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

Bundan tashqari, dunyoning nufuzli “Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.

Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil qilinadi.

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sunʼiy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi”ni eʼlon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31412 | Инструменты