Huawei 1
Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi

Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon savdo tashkilotining konferensiyasi doirasida Isroil tomonidan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish so‘rovini ratifikatsiya qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi. 

Tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuvda imzoladi.

“Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash Isroil kompaniyalari uchun katta imkoniyatdir”, — deydi Barkat.

JSTga a’zo bo‘lish uchun barcha a’zo davlatlarning roziligi kerak, O‘zbekiston esa 160 ta davlatning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashi kerak.

Jahon savdo tashkiloti 1995-yil 1-yanvarda xalqaro savdoni erkinlashtirish va aʼzo davlatlarning savdo-siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tuzilgan integratsion tashkilotdir. Unga a’zo bo‘lish jarayoni bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, a’zolik bo‘yicha muzokaralar, JST qoidalariga rioya qilish uchun tegishli iqtisodiy va qonunchilik choralarini qabul qilish va nihoyat, JST a’zolarining roziligini tasdiqlash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты