Huawei 1
Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga keldi.

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo‘rabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod viloyatda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.

So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Raximov 1981-yilda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan.

U 2019-yil 11-fevraldan boshlab Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Qo‘shko‘pir tumani hokimi bo‘lgunga qadar Xorazm viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i va Bog‘ot tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

2022-yil 17-dekabrda Jo‘rabek Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11920 | Инструменты