Kadastr agentligida tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bungacha prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Prezident Administratsiya rahbarining farmoyishi bilan:

- Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

- Xafizov Alisher Abduazizovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;

- Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;

- Abdullayev To‘lqin Mansurovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61115 | Инструменты