Huawei 2
Konstitutsion qonun loyihasi 25-iyundan 5-iyulgacha umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi

Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi Yalpi majlisi yakunlandi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi o'qishda ma’qullanib, umumxalq muhokamasiga qo'yish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Qonun bilan Konstitutsiyaning 66 ta moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilmoqda. Ularning ichida shaxsiy daxlsizlik va inson sha’ni va qimmatini ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan (27, 28, 29, 30), yerni xususiy mulk bo’lish mumkinligi haqida (55), oila institutini mustahkamlash (63,64) kabi jiddiy o’zgarishlar bilan bir qatorda, davlat boshqaruvining asoslari Parlament faoliyati (78,80), Prezident instituti (90,93), Vazirlar Mahkamasi (98) va Mahalliy vakillik organlari (99, 100, 101) faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ham yangi normalar kirmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonida kiritilgan qonun loyihasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning Konstitutsion asoslarini takomillashtirish boʻyicha ham tegishli moddalar ma’qullandi.

Qonun loyihasi 2022-yilning 25-iyun kunidan, 2022-yil 5-iyul kunigacha umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi.

Loyihaning matni bilan “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalari hamda meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga