“Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun maʼqullandi

Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, qonunning asosiy maqsadi maʼmuriy aktlarni qabul qilish, o‘zgartirish, ijro etish va bekor qilishga qaratilgan maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi aniq qilib belgilanib, vazifalari tushunarli tarzda bayon etilmoqda.

Shuningdek, ushbu qonunning qo‘llaniladigan sohasi kengaytirilib, qonun soliq, bojxona, davlat nazorati va tekshiruvi, fuqarolarning pensiya taʼminoti, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga chaqirish, shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalarini ajratish va olib qo‘yish kabi tartib-taomillarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Qonun o‘zboshimchalikni va vakolatning suiisteʼmol qilinishini taqiqlash, huquqni qo‘llashni rad etishga yo‘l qo‘ymasligi kabi yangi prinsiplar bilan boyitilib, amaldagi prinsiplarga aniq va to‘liq taʼriflar berilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni aniq belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga davlat organlari xodimlari tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishga, maʼmuriy tartib-taomillarning yagona mexanizmi yaratilishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты