Huawei 1
Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi maʼlumot Qonunchilik palatasi veb-saytida paydo bo‘ldi. 

Mahmud Istamov 45 yoshda, Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi boshlig‘i, 2005-2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2006-2017-yillarda Prezident Administratsiyasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-2019-yillarda adliya vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019 yil yozida u Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari etib saylangan edi. 

Mahmud Istamov 2021-yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024 yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты