Huawei 1
Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Senatning elliginchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Maʼlumki, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Saylov kodeksiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.

Mazkur o‘zgartirishlar bilan Markaziy saylov komissiyasi to‘qqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuzilishi va doimiy asosda faoliyat yuritishi, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining bir nafar aʼzosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘lishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, amalda faoliyat yuritayotgan Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar aʼzosi o‘z arizalariga ko‘ra vakolatlarini zimmasidan soqit qilishni so‘ragan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga binoan Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga Xalmuxammed Paluaniyazov va Muxtabar Xusanovaning nomzodlari tavsiya etilgan.

Dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga binoan Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etilgan nomzodlarni saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng senatorlar Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining arizalari bo‘yicha munosabatlarini ham bildirishdi.

Muhokama yakuni bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты