Huawei 1
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov saylovda ovoz berdi

Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Shavkat Abdurazzoqov Yangi Namangan tumanidagi 60-sonli umumtaʼlim maktabi binosida joylashgan 119-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda o‘zi munosib deb ko‘rgan nomzodlar uchun ovoz berdi.

Mazkur uchastkada Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi 2 ming 900 nafar saylovchi elektron platforma orqali ro‘yxatga olingan bo‘lib, shulardan 50 foizi soat 14:00 holatiga ko‘ra konstitutsion huquqlaridan to‘laqonli foydalandi.  Uchastka saylov komissiyasi raisi Marg‘uba Rejabboyevaning ma’lum qilishicha, saylovda birinchi marotaba saylash huquqiga ega bo‘lgan yoshlarning saylovdagi ishtirokida yuksak uyushqoqlik ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, 18 yoshga to‘lgan 67 nafar yosh saylovchining aksariyati ovoz berishga ulgurdi.

Bundan tashqari o‘n bir nafar komissiya a’zosi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi bilan birgalikda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bor 12 nafar fuqaro, uyida yotib qolgan to‘rt nafar bemor hamda olti nafar ko‘zi ojiz saylovchining xonadonlariga ko‘chma saylov qutilarini olib borish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102718 | Инструменты