Huawei 1
O‘zbekiston elchixonasi Isroilga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi AQSHda ikki isroillik diplomatning otib ketilishi yuzasidan Isroil davlatiga hamdardlik bildirgan.

“Biz bu vahshiyona hujumni qat'iy qoralaymiz, diplomat xodimlarga bo'lgan har qanday hujum xalqaro huquq normalariga zid va mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat”, deyiladi elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida.

Ushbu holatga Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ham o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81505 | Инструменты