Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va iliq tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalardagi aloqalar faol ekani, tovar ayirboshlash barqaror oʻsayotgani va energetika sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Neft va gaz sohasi, geologiya-qidiruv ishlari, “yashil” energiyani rivojlantirish hamda kimyo sanoatida qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120517 | Инструменты