Huawei 1
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82713 | Инструменты