O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Kecha, 3-iyul kuni davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bugun Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, tashkilot makonida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты